“Bayer” Papadopulosni “Gamburg”ga ijaraga berdi

Aslanov Jasurbek
17 yanv 2017, 00:05
Liverkuzenning “Bayera” klubi himoyachisi Kiriakos Papadopulos faoliyatini Germaniyaning boshqa bir jamoasi “Gamburg”da davom ettiradi.

24 yoshli futbolchi mavsum so'nggiga qadar gamburgliklar sharafini himoya qiladi. Bu haqda har ikki klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Papadopulos o'tgan yilning yozgi transfer bozori chog'ida “RB Leyptsig” klubiga ijaraga berilgandi. Lekin u jamoasi o'yiniga kirishib keta olmadi. Kiriakos o'shanda Bundesligada bor yo'g'i 27 daqiqa harakat qilgandi. 


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif