"Bayer" forvardi "Monako"ga o'tdi

Sherzod Nurmatov
2 sen 2020
"Monako" "Bayer" hujumchisi Kevin Folland jamoaga o'tganligini e'lon qildi.

28 yoshli nemis hujumchisi bilan tuzilgan shartnoma 4 yilga mo'ljallangan.

Ma'lum bo'lishicha, kelishuv miqdori 20 million evroga teng.

Folland o'tgan mavsumda Leverkuzen klubi tarkibida Bundesliganing 27 uchrashuvida 10 ta gol urib, 8 ta golga assistentlik qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: asmonaco.com