Baxtiyor Namozov va Nayim Qosimov sohil futboli bo'yicha Osiyo kubogiga tayinlov oldi

Mirjalol Normatov
12 mar 2025, 21:20
Joriy yilning 20–30 mart kunlari Tailandning Pattaya shahrida sohil futboli bo'yicha Osiyo kubogi o'tkaziladi.

Ushbu turnirda o'zbekistonlik mutaxassislar ham ishlashadi. Bu haqda O'zFHM ma'lumot berdi.

"Ahamiyatli tomoni shundaki, ushbu turnirda hakamlik qilish uchun o'zbekistonlik FIFA referisi Nayim Qosimov ham taklif oldi. Shuningdek, Baxtiyor Namozov instruktor sifatida ish olib boradi.

Hamyurtlarimizga Osiyo kubogi bahslarida omad tilab qolamiz!", - deb yoziladi xabarda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: https://t.me/uzfhm