"Kecha bizni taqib qilayotgan jamoalar g'alaba qozonishdi. Shu bois bugun imkon qadar ochko olish uchun maydonga chiqdik. Ammo ikkala jamoa o'rtasidagi farq sezilib qoldi. Endi navbatdagi o'yinlarga tayyorgarlik ko'ramiz", - deb gap boshladi Ashurmatov.
- Bolgariyalik darvozabon nima uchun bugun maydonga tushmadi?
- Uni tibbiy ko'rikdan o'tgani borasida qog'ozlarni hali olganimiz yo'q. Shu bois hali zayavkadan o'tkazishga ulgurmadik. Bugun maydonga tushgan Doniyor Usmonovga etirozim yo'q.
- Alisher Samatovning o'yini biroz chiqmadi.
- Aksariyat vaziyatlarda u yarim himoyada ham o'ynadi. Undan tashqari hali jamoamizga qo'shilib kyetmadi. Lekin buni bahona qilmasligimiz kerak.
- Jamoaga qanday o'yinchi yetishmayapti deb o'ylaysiz?
- Markazdagi yarim himoyachilarimiz asosan himoyayaga moslashgan. Oldinda Mansur Saidov bor. Shu bois hujumkor yarim himoyachiga muhtojmiz. Himoyada Shukurali Po'latovning ketgani ham o'z so'zini aytdi. Akbarovda esa o'yin amaliyoti kam.
- Dilshod Jabborov nima uchun maydonga tushmadi?
- "Lokomotiv" bilan kelishuvimizga ko'ra u bugun "temiro'ylchilar"ga qarshi Jabborovni maydonga tushira olmaymiz.
- 10 avgustga qadar transfer oynasi ochiq. Yana yangi o'yinchilar keladimi?
- YIl boshida biz bilan birga bo'lganlar o'ynashda davom etishadi. Faqatgina o'zini ko'rsata olmaganlar ketishi mumkin.
- Davralar oralig'idagi tayyorgarlikdan qoniqish hosil qildingizmi?
- Bugungi o'yindan kelib chiqib 100 foiz tayyor emasmiz. Jamoamiz bir yillik emas, shuni tushunish kerak. Bugun bizni qo'llash uchun Toshkentga kelgan muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman.
- Hakamlarga etiroz yo'qmi?
- Baxtiyor Namozov brigadasiga etiroz bo'lmadi.
- Kuzda Osiyo o'yinlarida ishtirok etadigan terma jamoa bilan musobaqaga ketasiz. "Navbahor" qiynalib qolmaydimi?
- Haqiqatdan ham Mirjalol Qosimovga yordam berayapman. Musobaqaga ketgan vaqtimda yo'qligimni bilintirmaydigan yordamchilarim bor. Yurt sharafini himoya qilish barchamizning burchimizdir.