"Bavariya"ning sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi e'lon qilindi

Mirjalol Normatov
17 okt 2025, 07:56
Xarri Keyn "Bavariya"ning o'tgan oydagi eng yaxshi futbolchisi bo'ldi.

Hujumchi sentyabr oyi yakunlariga ko'ra muxlislar uchun tashkil qilingan ovoz berish jarayonida Maykl Olise hamda Luis Diasdan ko'proq ovoz to'pladi.

O'tgan oyda u 5 o'yinda qatnashib, 11 gol va 1 assist qayd etdi. Oldinroq u Bundesligada ham sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi sifatida etirof qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal