"Bavariya"ning Kovach borasidagi rasmiy bayonoti

Mirjalol Normatov
19 okt 2018, 20:48
Bugun "Bavariya"da navbatdan tashqari matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Oldinroq aytilganidek, bugun Niko Kovach iste'foga chiqarilishi kerak edi. Ammo klub rahbariyati boshqa gaplarni gapirdi.

"Niko Kovach iste'foga chiqarilmaydi. Biz o'zaro kelishgan holda ommaviy axborot vositalarining xabarlariga e'tibor bermasliki maqul ko'rmoqdamiz. Germaniyaning yirik jamoasi bu boradagi mish-mishlarga e'tibor bermaydi va o'z poziciyasida qoladi. Futbolchilar va murabbiylarni himoya qilish - rahbariyatning vazifasi", - deyiladi "Bavariya" tvitterida.

Ushbu anjumandan oldin Niko Kovachning o'zi "Volfsburg"ga qarshi o'yindan oldin matbuot konferenciyasida qatnashdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/FCBayernEN