"Bavariya"ning 5 nafar futbolchisi "Real"ga qarshi o'yinda maydonga tushmasligi mumkin

Оқил Абдубарноев
30 apr 2024, 20:02
Bu haqda klub murabbiyi ma'lum qildi.

Myunxenning "Bavariya" klubiga tegishli bir nechta futbolchi Yevropa Chempionlar ligasi 1/2 finalining dastlabki o'yinida jamoasiga yordam bera olmasligi mumkin.

Nemislar bosh murabbiyi Tomas Tuxelning aytishicha, "Real Madrid"ga qarshi uchrashuvda Jamol Musiala, Matteys de Ligt, Dayot Upamekano, Konrad Laymer va Leroy Sanening maydonga tushishi so'roq ostida turibdi.

Eslatib o'tamiz, "Bavariya" - "Real" uchrashuvi 1 mayga o'tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: L'Equipe