"Bavariya" yozda erkin agent sifatida Fransiya U23 forvardi bilan shartnoma imzolashi mumkin

Alisher
31 okt 2021, 16:53
"Nant" hujumchisi Randal Kolo-Muani mavsum so'nggida nemis Bundesligasiga yo'l olishi mumkin.

22 yoshli Fransiya olimpiya terma jamoasi o'yinchisini o'tgan yozda "Ayntraxt" xarid qilishga uringandi.

Endi Kolo-Muaniga "Bavariya", "Borussiya" (Myonxengladbax) va "Tottenxem" qiziqmoqda.

Forvardning "Nant" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

Kolo-Muani joriy mavsum Liga 1 doirasidagi 10ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: footmercato.net