"Bavariya" Yan Kristian Drizen bilan shartnomani uzaytirdi
Omonjon To`xtamirzayev
12 noya 2024, 17:46
"Bavariya" klub bosh direktori Yan-Kristian Drizen bilan shartnoma uzaytirilganini e'lon qildi.
Tomonlar 2027 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan yangi bitim imzolashdi. Myunxenliklar kuzatuv kengashi navbatdagi yig'ilishida bir ovozdan mazkur qarorni qo'llab-quvvatlagan.