

Bugun Myunxen klubi Tomas Tuxel yozda o'z lavozimini tark etishi haqida xabar berdi.
"Sky Sport Deutschland" nashri xabariga ko'ra, "Bavariya" allaqachon yangi murabbiy izlashni boshlab yuborgan. Asosiy nomzod sifatida "Bayer"ni boshqarib borayotgan Xabi Alonso qaralmoqda. Myunxenliklar 42 yoshli mutaxassisning vakillari bilan aloqaga chiqishga ham ulgurishgan.
Hozir Alonso to'lig'icha "Bayer"dagi ishiga e'tibor qaratgan. Jurnalist Florian Plettenbergning ma'lumotlariga ko'ra, "Bavariya"da Alonso bilan yozda kelishuvga erishish imkoniyatlari juda yaxshi.

Xabi Alonsoga "Bavariya"dan tashqari, "Liverpul" ham jiddiy qiziqmoqda. Uning "Bayer" bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.



