"Bavariya" va MYU qiziqayotgan futbolchini endi “Barselona” ham kuzatmoqda

Eldor Akmurzayev
28 mar 2019, 22:43
Kataloniyaning “Barselona” klubi “Chelsi” vingeri Kallum Xadson-Odoi bilan qiziqib qolgan, deya xabar beradi Daily Mail.​

Nashrning ma'lum qilishicha, "ko'k-anorranglilar" futbolchining londonliklar bilan shartnomani uzaytirishni xohlamayotganidan foydalib qolmoqchi. Oldinroq, “Manchester Yunayted” va “Bavariya” klublari ham angliyalik yarimhimoyachi bilan muzokaralar o'tkazayotgani haqida aytilgandi.

Odoining “aristokrat”lar bilan amaldagi kelishuvi 2020-yilning yoziga qadar mo'ljallangan. U joriy mavsum “Chelsi” safida 19ta o'yinda qatnashib, 5ta gol va 4ta asistni o'z hisobiga yozib qo'ygan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Daily Mail