

Aleks Grimaldo "Barselona" va "Bavariya"ning e'tiborini tortmoqda. Jurnalist Matteo Moretto 30 yoshli himoyachining yana Ispaniyaga o'tishi haqidagi gaplar faollashganini tasdiqladi. U "Bavariya" futbolchining vaziyatini kuzatayotganini ta'kidladi, biroq futbolchining o'zi ham, qaror qabul qilish vaqti kelsa, Ispaniyaga qaytishni maqul ko'rishini aytdi. "Barselona" Grimaldoning vaziyatini kuzatib bormoqda, ammo hozircha aniq harakatlar qilinmagan, bunga Balde bilan bog'liq holat sabab.
Manbaning qo'shimcha qilishicha, "Bayer" "o'zining eng yaxshi o'yinchilaridan birining "Bavariya"ga o'tishini istamaydi, shu sababli ehtimoliy transfer to'g'ridan-to'g'ri La Liga bilan bog'liq bo'ladi. Bundan tashqari, u klub va futbolchi o'rtasidagi munosabatlar a'lo darajada ekanligini ta'kidladi: "Agar Grimaldo qachondir Ispaniyaga qaytish istagini bildirsa, tomonlarning hech biri bu o'tishga to'sqinlik qilmaydi."
Eslatib o'tamiz, Grimaldo oldinroq "Barselona B" jamoasida o'ynagan, ispaniyalik futbolchi "blaugrana"ning tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.



