"Bavariya" Upamekanoga qiziqishni tasdiqladi

Alisher
22 yanv 2021, 16:28
"Bavariya" prezidenti Karl-Xaync Rummenigge klub "Leypcip" himoyachisi Dayo Upamekanoga qiziqayotganini tasdiqladi.

22 yoshli fransiyalik futbolchining "RB Leyptsig" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan.

Upamekano joriy mavsum jamoasi safida barcha musobaqalarda 23ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

Dayo uchun boshqa da'vogarlar sifatida "Bavariya"dan tashqari "Chelsi" va "Barselona" klublari ko'rilmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Bild