"Bavariya" Tuxel bilan aloqaga chiqdi

Mirjalol Normatov
5 yanv 2020, 10:43
"Bavariya" rahbariyati PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxelni ishga taklif qilish niyatida.

"Le10Sport" xabariga ko'ra, Myunxen klubi mutaxassis bilan bu borada so'rov bilan chiqqan. Ayni damda u "Bavariya" bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzod sifatida ko'rilmoqda.

Ayni damda jamoani vaqtincha Xans-Diter Flik boshqarib bormoqda. U Niko Kovachning o'rnini egallagandi.

17 turdan keyin "Bavariya" Bundesliga turnir jadvalida "Leyptsig"dan 4 ochkoga ortda qolgan holda 3-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Le10Sport