Quyida e'tiboringizga havola etiladigan maqolada myunxen superklubi tarixidagi eng qimmat futbolchilari haqida malumot berib o'tamiz.
7. Tiago Alkantara
Tiagoning “Barselona” klubi bilan ayyorona tuzgan shartnomasi, futbolchiga maydonga tushish uchun etarlicha vaqt berilmaydigan bo'lsa, pastroq narx evaziga boshqa klubga o'tib ketish imkoniyatini berdi. “Manchester Yunayted” uni 2 oy davomida Angliyaga olib ketishga harakat qildi, ammo muzokalar samara bermadi. “Barselona” esa uni o'z safiga olib qolishga bir necha marotaba o'rinib ko'rdi, lekin oxir oqibat Alkantara “Bavariya”ga nasib etdi. Aytishlaricha Alkantaraning myunxenliklar klubiga o'tishiga sabab Gvardiola bo'lgan emish. Mutaxassis futbolchiga asosiy tarkibdan joy ajratishini va uni superyulduz darajasiga ko'tarishni vada qilgan ekan. Alkantara chempionlarga taxminan 20 mln evroga tushdi.
6.Aren Robben
“Real” safidan 24 mln evro evaziga myunxenliklar safiga o'tgan Gollandiyalik hujumchi, birinchi mavsumning o'zidayoq sensacion o'yin ko'rsata bildi: birinchi o'yindayoq 2 ta gol urishga erishdi (mavsumda 23 ta), bundesligada g'olib bo'ldi, “Bavariya”ni Chempionlar Ligasi finaliga olib chiqdi va shuning uchun Germaniyaning eng zo'r o'yinchisi nomiga sazovor bo'ldi. Lekin keyinchalik futbolchida qiyinchiliklar vujudga kela boshladi. Himoyachilar uning o'yin taktikasini yaxshi o'rganib oldilar va uning o'yindagi driblinglari kor qilmay qoldi. Futbolchining xudbinligi va jarohatlari unga qattiq to'sqinlik qila boshladi. Lekin bularning bariga qaramay Robben asosiy tarkibdagi joyini yo'qotmadi. 2011/12 mavsumida Robben asosiy tarkib o'yinchisi bo'la turib, Bundesliganing ikkinchi davrasida Dormundning “Borussiya” klubi bilan bo'lgan o'yinda va Chempionlar Ligasi o'yinining qo'shimcha daqiqasida “Chelsi”ga qarshi o'yinda penaltidan unimli foydalana olmadi. Shunday qilib Aren yevropa futbolining eng omadsiz futbolchilari qatoriga kiritilda va keyingi mavsumdan asosiy tarkibdagi o'rnidan ham ayrilgan edi. Lekin o'tgan mavsumda Robben yana katta sahnaga chiqdi va Chempionlar Ligasi bahsida “Borussiya” bilan bo'lgan o'yinda hal qiluvchi golni urishga erishdi.
5. Frank Riberi
2007 yilning yoz mavsumida “Bavariya” bundesliga tarixidagi eng ko'zga ko'rinarli transferlardan birini amalga oshirdi – klubga Luka Toni, Miroslav Kloze va Frank Riberilar (klubga katta foydasi tegishi ko'zlanayotgan Breno ham taklif etilgan edi, lekin keyinchalik braziliyalik futbolchi o'z uyini yondirib yuborganligi uchun qamoqqa olingan) kelishgan. Bu futbolchilar orasidan birinchi mavsumning o'zidayoq Germaniyaning eng zo'r futbolchisi nomiga sazovor bo'lgan Riberi, o'zini ko'rsata oldi va mana 6 yil davomida “Bavariya”ning eng muhim futbolchilaridan sanalib kelmoqda. Bir necha hafta oldin klub bilan shartnomasini 2017 yilga qadar cho'zdirgan Frank, faoliyaning oxirigacha ushbu klubda qolishi ham hech gap emas.
4. Manuel Noyer
Oliver Kanning “Bavariya”dan ketganidan so'ng, klub bir muncha vaqt davomida o'ziga kerakli darvozabon topa olmadi. Tomas Kraft va Mixael Rensinglar klub umidini oqlay olishmadi. 2011 yilning yozida “Bavariya” “Shalke”dan 27.5 mln evro evaziga Manuel Noyerni sotib oldi va shu bilan o'z raqibini kuchsizlantirib yubordi. Noyer “Alyanc-Arena”da tezda kirishib keta olmadi. Debyut uchrashuvida darvozabon gladbaxning “Borussiya” klubidan gol o'tkazib yubordi, “Bavariya” klubining o'ta radikal muxlislari esa o'sha kundan boshlab uni yomon ko'ra boshlashdi. Bazi muhim uchrashuvlarda qiladigan katta xatolarini inobatga olmaganda, Noyer hozirda o'z o'rnida va o'yinni boshqara olayapti va hattoki o'yin so'ngida bo'ladigan penaltilar seriyasida ham o'zini ko'rsatishga tayyor.
3.Mario Gomes
2009 yilning yozida “Shtutgart”dan “Bavariya”ga o'tishga rozilik bergan Mario, Germaniya chempionatining eng qimmat futbolchisiga aylandi. Uning transfer bahosi 30 mln evroga teng bo'ldi. Ushbu yozda myunxenliklarning Gomesdan qanchalik qutilishdagi harakatlariga qarab, futbolchining bu klubda ishlari yaxshi bo'lmaganligini anglab yetish qiyin bo'lmasa kerak. Ha, albatta Gomes mavsumni yaxshi o'tkaza olmadi va raqobatniMario Mandjukichga boy berdi, uning o'yin uslubi bir muncha eskirgan bo'lishiga qaramay Mario, 2010-11 va 2011-12 mavsumlar davomida 80 gol urishga erishgan. “Fiorentina” futbolchining transferi uchun 15.5 mln evro taklif etgan va bu transferni yoz mavsumining eng foydali xaridlaridan biri desak mubolag'a bo'lmaydi.
2. Mario Getce
“Real” bilan bo'ladigan Chempionalar Ligasining yarim final bahsi oldidan “Borussiya” bu xabarni eshitib, to'g'risi unchalik ishonmadi ham. Lekin Getcening “Borussiya”dan “Bavariya”ga o'tishi haqidagi xabar katta shou-shuv va sensaciyaga aylandi. Mario Getce 37 mln evro evaziga “Bavariya”ga o'tishga rozi bo'ldi. Shunday qilib Mario nemis futboli tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylandi. Futbolchi transferi borasida Yurgen Klopp, Getce Gvardiola taklifini rad eta olmadi deb izohladi, ”Bavariya” klubi boshqaruv raisi Karl-Xaync Rummenigge esa, “Bavariya” Neymardan ko'ra Getceni maqul ko'rdi deb aytgan.
1.Xavi Martines
“Bavariya” “Atletik” klubi tayanch yarim himoyachisiga shu qadar muhtoj ediki, klub futbolchi uchun 40 mln evro berishga ham rozi bo'ldi. Yup Xaynkes futbolchiga klubda moslashib ketishi uchun imkoniyat va etarlicha vaqt berdi. Avvalida Martines hamma o'yinlarda ham maydonga tushirilmadi va faqatgina kuz mavsumiga kelib u jamoaning asosiy o'yinchisiga aylanib ulgurdi. Martines nafaqat to'pni olib qo'yish yoki kerakli joyda raqib futbolchisiga nisbatan qoida buzardi balki ispan futbolchilariga xos tarzda aniq to'p uzatishlarniva hujumni qo'llash usullarini ham maromiga etkazib bajarar edi. Martines “Barselona”ga qarshi Chempionalar Ligasi yarim finalida ajoyib o'yin ko'rsata oldi. Yarim himoyachi Ispaniya terma jamoasida unga joy bermay kelayotgan Buskets, Xavi va Andres Inestalarni o'sha o'yinda erkin harakat qilishga yo'l qo'ymadi. Martines Bastian Shvaynshtayger bilan birgalikda yaxshi o'yin namoyish etadi bir birini yaxshi tushinadi. Uning transferi klub uchun qimmatga tushgan bo'lsada, u jamoaning asosiy kuchlaridan biri sanaladi va ushbu mablag' bekorga sarflanmaganligini isbotladi.
Murodov Miraziz tarjimasi