"Bavariya" sport direktori Levandovskini tanqid qildi

Aziz Tukhtamuradov
21 iyul 2022, 08:50
"Bavariya" sport direktori Xasan Salixamidzich Robert Levandovskining "Barselona"ga o'tib ketishi haqida gapirdi.

"Levandovskining qarorini qay darajada tushunaman? 0,0 foiz. Bu nafaqat men futbolchi bo'lgan vaqtimda shartnomamni oxirigacha o'ynaganim uchun. Balki, men futbolchi sifatida klub ichida buni xal qilardim va shartnomamni oxirigacha bajarardim", - dedi Salixamidzich. 

Eslatib o'tamiz, Levandovskining "Bavariya" bilan shartnomasi 2023 yilgacha mo'ljallangandi, biroq polshalik futbolchi "Barsa"ga o'tishga qaror qildi. 

Kataloniyaliklar Robert uchun 45 million evro to'lashdi. Myunxenliklar yana 5 million evroni bonus sifatida olishlari mumkin bo'ladi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: AS