"Bavariya" "Real"ga o'tishi kutilayotgan futbolchiga shartnoma taklif qildi

Mirjalol Normatov
9 noya 2024, 01:16
"Bavariya" Alfonso Devisga shartnomani uzaytirishni taklif qildi.

"Bild" xabariga ko'ra, himoyachi jamoadoshlariga klub taklif bilan chiqqanini aytgan. Futbolchi va klub o'rtasidagi kelishuv esa ushbu mavsumdan keyin yakuniga etadi.

Oldinroq ayrim manbalar tomonidan klub va futbolchi vakillari yangi shartnoma borasida kelisha olishmayotgani haqida ma'lumotlar tarqagandi. Bundagi asosiy muammo - to'lanadigan maosh summasida.

Aytish kerakki, so'nggi paytlarda futbolchining "Real"ga o'tish imkoniyatlari oshib ketgan. Ushbu mavsumda Devis Bundesligada 8 o'yinda 1 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild