"Bavariya" qishda futbolchi sotib olmoqchi emas

Mirjalol Normatov
15 dek 2020, 22:45
"Bavariya"ning qishki transferlar oynasi vaqtidagi rejalari ma'lum bo'ldi.

"Sport Bild" xabariga ko'ra, Myunxen klubi yangi futbolchilarni sotib olish niyatida emas. Klubdagilar yozda sotib olingan 7 nafar futbolchi bilan cheklangan va endi e'tibor akademiya tarbiyalanuvchilariga qaratiladi.

Oldinroq "Bavariya"dan Jerom Boateng hamda David Alaba kabi futbolchilar ketishi aytilgandi.

Ayni damda "Bavariya" Bundesliga turnir jadvalida 2-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport Bild