"Bavariya" qatorasiga to'rtinchi bor PSJni mag'lub etdi - barchasi "quruq" g'alabalar

Omonjon To`xtamirzayev
27 noya 2024, 11:01
"Bavariya" PSJga yutqazmayotganiga uch yildan oshdi.

Vensan Komani boshchiligidagi jamoa Chempionlar Ligasi umumiy bosqich 5-turi doirasida parijliklarni mag'lub etdi (1:0).

"Bavariya" va PSJ o'rtasidagi oxirgi to'rtta o'yinda myunxenliklarning qo'li baland kelgan. Umumiy hisob – 5:0.

PSJning so'nggi g'alabasi 2021 yil aprelida Chempionlar Ligasining 1/4 final bosqichida qayd etilgandi (3:2). O'sha mavsum javob bahsida 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan bo'lsada, francuzlar keyingi bosqichga yo'l olishgan.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Opta