"Bavariya" posboni bilan shartnomasini uzaytirdi

Mirjalol Normatov
8 may 2022
"Bavariya" matbuot xizmati darvozabon Sven Ulrayx bilan shartnomaning uzaytirilganligini ma'lum qildi.

Ulrayxning "Bavariya" bilan amaldagi kelishuvi 2022 yil iyuniga qadar davom etishi kerak edi. Tomonlar shartnomaning bir yilga uzaytirish funkciyasidan foydalanishdi.

Ushbu mavsumda Ulrayx chempionatning 6 o'yinida qatnashib, bir bora darvozasini quruq saqlab qoldi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal