"Bavariya" Pavarni sotib oladimi? Rummenigge javob berdi

Aslanov Jasurbek
1 avg 2018, 18:43
"Bavariya" boshqaruv qo'mitasi raisi Karl-Xaync Rummenigge klub "Shtutgart" himoyachisi Benjamen Pavarni sotib olishi borasidagi savolga javob berdi.

"Boateng ketganidan so'ng Pavarni sotib olamizmi? Yo'q. Bizda Xummels, Zyule, Martines, Alaba bor. Bundan tashqari, ikki yosh futbolchimiz Lukas May va Kris Richards ham himoyada o'ynay oladi" - deydi Rummenigge.

Oldinroq, myunxenliklar Pavar bilan shartnoma borasida kelishib olgani e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports