"Bavariya" "Napoli" yetakchisiga qiziqmoqda

Alisher
25 dek 2021
"Napoli" vingeri Lorenco Insine "Bavariya" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Germaniya chempionlari neapolliklarga o'yinchining transfer bozoridagi holati bo'yicha murojaat qilishdi.

Futbolchining "Napoli" bilan tuzgan shartnomasi joriy mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.

Italiyalik futbolchi yanvar oyidan boshlab boshqa klublar bilan muzokaralar olib borish huquqiga ega.


AlisherMuallif
Manba: La Gazetta dello Sport