“Bavariya” klubining yillik abonementlari Yevropa top-klublari ichida eng arzon

Germaniyaning amaldagi chempioni hamda Chempionlar Ligasi g'olibi “Bavariya” o'zining mavsumiy abonementlarini Yevropa top-klublari orasida eng arzon narxlarda sotdi.
“Bavariya”ning 2013-14 mavsumdagi 17 uy uchrashuvlari uchun ajratilgan barcha abonementlari allaqachon sotib bo'lindi. Ularni 139 dan 750 evrogacha narxlarda sotib olish mumkin edi.

“Borussiya”ning mavsumiy abonementlari hozircha sotuvda. Ularning narxi 140 dan 840 evrogacha.

Hamyonbop abonementlar uchligini “Milan” yakunlab turibdi. Bu klubning abonementlari 154 dan 3844 evrogacha narxlarda sotilmoqda.

“Inter” – 179 dan 2080 evrogacha

“Barselona” –199 dan 733 evrogacha

“Real” – 205 dan 1688 evrogacha

“Roma” – 265 dan 1490 evrogacha
 
“Manchester Siti” – 345 dan 902 evrogacha

“Yuventus” –  364 dan 1140 evrogacha

“Manchester Yunayted” – 615 dan 1098 evrogacha

Manba: sports.ru