"Bavariya" ketma-ket 15-marta YCHL pley-offiga chiqdi

Aziz Tukhtamuradov
13 okt 2022, 09:14
"Bavariya" Chempionlar ligasi pley-off bosqichiga chiqdi.

Myunxenliklar 4-turda "Viktoriya Plzen" jamoasini 4:2 hisobida mag'lubiyatga uchratib, o'z ochkolari sonini 12taga etkazib olishdi va muddatidan oldin keyingi bosqich masalasini hal qilishdi. 

Shu tariqa, "Bavariya" 15-marta ketma-ket YCHL pley-off bosqichida o'ynaydi. So'nggi marta 2007/08 yilgi mavsumda jamoa UEFA Kubogida o'ynagandi. 

Faqatgina "Real"da bundan yaxshiroq seriya mavjud. Madridliklar ketma-ket 20 yil davomida Chempionlar ligasining pley-off bosqichiga chiqishgan.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta Sports