

"Bavariya" o'zining rasmiy sayti orqali "Galatasaroy" himoyachisi Sasha Boening transferini e'lon qildi. Tomonlar 2028 yilning iyuniga qadar shartnoma imzolashdi.
Myunxen jamoasi kelishuvning moliyaviy tafsilotlarini oshkor qilmadi. Transfermarkt portali xabariga ko'ra, "rekordmayster" futbolchi uchun 30 million evro to'laydi.
Boe "Renn" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Fransiyalik futbolchi 2021 yildan beri "Galatasaroy" safida to'p tepib kelayotgandi. 23 yoshli himoyachi joriy mavsum barcha turnirlarda 31 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi.



