"Bavariya" futbolchisi "Real"ning asosiy nishoniga aylandi

Mirjalol Normatov
10 sen 2023, 14:51
"Bavariya" himoyachisi Alfonso Devis "Real"ning asosiy transfer maqsadiga aylandi.

Madrid klubidagilar Ferlan Mendining jarohatga moyil bo'lib qolgani sababli o'rniga kanadalik futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi.

Devisning "Bavariya" bilan kelishuvi 2025 yil yoziga qadar davom etadi. Biroq futbolchi klub taklif qilgan shartnomaga qo'l qo'yishdan bosh tortdi. Holatdan "Real" foydalanib ketmoqchi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca