Bavariya chempion, boshqa kim ham bo'lardi? Barchasiga Kovach aybdor-mi?

Narzulla Saydullayev
19 iyun 2020, 18:28
Quruq futbol yoki ketma-ket 8-chempionlik…

Bavariya hukmronligi hech qachon tugamaydigandek ko'rinmoqda. Asosiy qahramon albatta - Xans Diter Flik. Noyabrdagi 1:5 maglubiyatidan keyin Kovachning o'rnini egallagan va o'sha zahotiyoq Borussiya Dortmundni 4:0 hisobida yanchib tashlagan Flik Bavariya futbolchilarining bir-birining o'rnini bosishi bo'yicha chempionga aylantirib bo'ldi. Ammo, ayrimlarning fikricha Bundesligani TOPlar ichida eng zerikarlisiga ham aylantirib bo'ldi.



To'g'ri-da. Oxirgi 8 yilda 8-marotaba chempion, buning nimasi qiziq? Mana APL bu futbol. La Ligaga qarang – ana buni tomosha desa bo'ladi. Shu ham chempionatmi… deydiganlar ko'p albatta. Hattoki, korona krizisi davomida kurishga hech vaqosi qolmagan ayrim futbolsevarlarning tomog'idan Bundesliga o'tmadi.

Ammo, hakikiy quruq futbol sevarlar jimgina Bundesligaga sodiqligicha qolaveradi. U faqat va faqat haqiqiy futbol haqida. Shou emas, biznes emas, shou biznes ham emas – quruq futbol. Ammo, hozirgi zamonda quruq futbolning kimga qizig'i bor?!

Levandovskining esa asosiy qahramonligi uning urgan gollari emas, (31 yoshli polyak 40ta o'yinda 46ta gol urdi) bir emas 7ta poziciyada o'zini bemalol his qila olishida.



Oltin tup bordiyu Levandovskiga berilsa hech ham hayron bo'lishning hojati qolmaydi. Eng dahshatli paytlarda, krizis avjida arvoh o'yinlar bilan bo'lsa-da, chempionatni qaytarishga jurat etgan Bundesliga bunday etirofga juda ham loyiq.

Shunday deymanu, ammo yana o'sha ovozlarni eshitaman: Bavariya chempion, boshqa kim ham bo'lardi? Ensangiz qotsa kotaversin, aziz La Ligachilar, haqqingiz bor… Kim bilsin, balki Bavariyani o'ldirib Bundesligani tiriltirayotgan Kovach qolganida hammasi boshqacha bo'larmidi…




Matluba Mustaeva

Berlin, Germaniya.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia