"Bavariya" "Borusiya M" yarim himoyachisini diqqat bilan kuzatib bormoqda

Sherzod Nurmatov
11 noya 2020, 13:51
Denis Zakariya Myunxen klubi ro'yxatidan joy olgan.

Sky Sport Deutschland xabariga ko'ra, "Bavariya" mutasaddilari bir necha bor 23 yoshli shveytsariyalikning vakillari bilan bog'lanishgan. Biroq manbaning axborot berishicha, futbolchining yaqinlashib kelayotgan qishki transfer oynasida "Bavariya"ga o'tish ehtimoli kam.

Asosiy sabab – futbolchining tizzasidagi jarohati. U jarohat tufayli Germaniyaning joriy chempionatida bironta ham uchrashuv o'tkazmagan.

Avvalroq Zakariyaga nafaqat "Bavariya", balki "Manchester Yunayted" va "Chelsi" ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sport Deutschland