"Bavariya" "Barselona" futbolchisini sotib olishga tayyor

Alisher
22 okt 2019, 18:23
"Barselona" himoyachisi Samuel Umtiti faoliyatini Bundesligada davom ettirishi mumkin.

25 yoshli fransiyalik futbolchiga "Bavariya" qiziqish bildirmoqda. Myunxenliklar himoyachisi Nikolas Zyulening jarohatidan so'ng klub Umtitini 60 million evroga ham sotib olishga tayyor turibdi.

Futbolchi faoliyatini "Lion"da boshlagan va shu klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

"Barselona" 2016 yilda Fransiya terma jamoasi himoyachisini o'z tarkibiga qo'shib olgan edi.

Umtiti joriy mavsum La Liga doirasidagi 1ta o'yinda maydonga tushgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Tuttosport