"Bavariya" Allini nishonga oldi

Aslanov Jasurbek
3 fev 2017, 15:18
"Bavariya" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Tottenxem" yarim himoyachisi Dele Alliga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, nemis grandi o'zining markaziy chizig'ini kuchaytirmoqchi va jamoa murabbiylar shtabining fikricha, 20 yoshli Alli jamoaga katta foyda berishi mumkin. "Bavariya" joriy mavsum yakunlanganidan so'ng futbolchini xarid qilmoqchi. Ingliz klubi rahbariyati Alli uchun 98 mln. evro so'rashi kutilmoqda.

Joriy mavsumda Alli APLning 22 ta uchrashuvida 11 ta gol urdi va 2 ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Times