"Bavariya" 3 oy maydonga tusha olmaydigan Koman o'rniga futbolchi qidirmaydi

Aslanov Jasurbek
27 avg 2018, 18:15
"Bavariya" yozgi transfer oynasining qolgan kunlarida futbolchi sotib olmoqchi emas.

"Xoffenxaym"ga qarshi Bundesliganining 1-tur uchrashuvida (3:1) yarim himoyachi Kingsli Koman jarohat oldi va 3 oyga safdan chiqdi.

Ma'lum bo'lishicha, fransiyalik futbolchi operaciyani o'tkazdi. "Bavariya" transfer bozorida Komanni o'rniga o'yinchi qidirmaydi. Bu ma'lumotni klub prezidenti Uli Xyoness tasdiqladi: "Bizga 3 oylik futbolchi kerak emas".

"Bavariya" Bundesliganing ikkinchi turida "Shtutgart"ga qarshi o'ynaydi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport Bild