"Bavariya" 19 yildan buyon YCHL guruh bosqichini g'alaba bilan boshlamoqda. Bu rekord

Narzulla Saydullayev
8 sen 2022, 14:01
"Bavariya" YCHL 1-turida o'zining g'alabali seriyasini davom ettirdi.

Yulian Nagelsmann shogirdlari "Inter"ni safarda 2:0 hisobida taslim qilishdi. Myunxen klubi 19 yildan buyon ushbu musobaqaning 1-turida g'alaba qozonmoqda. Bundan tashqari 17 bor jamoa ilk turda gol ham o'tkazmagan.

"Bavariya" guruh bosqichidagi mag'lubiyatsiz seriyasini ham uzaytirdi. So'nggi bor 2017 yilda PSJ 2-tur doirasida Myunxen klubini taslim qilgandi. Shundan keyin nemis klubi guruh bosqichida 26ta g'alaba va 3ta durang qayd etdi. Mana shu 29ta o'yinning barchasida "Bavariya" kamida bittadan gol urgan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Uefa.com