Barton Reyndjersni tark etdi

Narzulla Saydullayev
11 noya 2016, 07:01
Reyndjers yarim himoyachisi Joui Barton klubni tark etdi.

34 yoshli futbolchi bilan shartnoma bekor qilindi. Barton Reyndjers Seltikga 1:5 hisobida mag'lub bo'lganidan so'ng sentyabr oyidan buyon maydonga tushmagan edi.

O'sha bahsdan so'ng Barton bosh murabbiy Mark Uorberton bilan janjallashib qolgan edi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/RangersFC