Bartomeu "Yuventus" Pogba borasida "Barselona"ni aldaganini aytib berdi

Mirjalol Normatov
10 apr 2019
"Barselona" prezidenti Jozep Bartomeu klub Pol Pogbaga qiziqish bildirganini aytib o'tdi.

"2015 yil. Pogba Turinda o'ynayotgandi. "Yuve" Polni sotish istagi bo'lsa, bizga murojaat qilishini aytib qo'ygandik va ular xo'p deyishdi.

Biroq "Yuventus" futbolchini sotib yuborganidan keyin bizga taklif bilan chiqishimiz kerakligini va MYU taklif qilgan mablag'ga yo'q deya olmaganligini ma'lum qildi va shu tariqa bizni aldadi", - dedi Bartomeu.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca