Bartomeu: Messi faoliyatini "Barselona"da yakunlashi kerak

"Barselona" prezidenti Josep Bartomeu Lionel Messining jamoani tark etishni xohlagani to'g'risida gapirdi.

- Messining shartnomasi bor. Yangi loyihani uning atrofida qurmoqchimiz. Meni klubning moliyaviy ahvolini yaxshilash uchun Leoni transferga qo'yganlikda ayblashdi. Ammo bunday bo'lmadi. Messi "Barselona"da o'ynashni davom ettiryapti va umid qilamanki, u yana ko'p yillar maydonda bo'ladi. Messi faoliyatini bizning klubda yakunlashi kerak, - dedi Bartomeu.

Bartomeu "Real" bilan o'yindagi hakamlikdan nolidi 


Manba: AS