

“Xavi bir kun kelib “Barselona” bosh murabbiy bo'lishiga shubha qilmayman. U futbolni yaxshi tushunadigan juda qobiliyatli mutaxassis. U sodiqligi bois, qachondir bu erga keladi. Biroq, hozir bizning murabbiy – Kike Seten. O'ylashimcha, u “Barselona”ga ko'p narsa bera oladi, sababi u g'oliblikka juda tashnadir”, deydi Bartomeu.



