Bartomeu: "Barselona" Luis Enrikega to'liq ishonadi va uning ishidan ko'ngli to'q"

Aslanov Jasurbek
4 noya 2014, 14:18
"Barselona" rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Luis Enrikega ishonadi. Bu haqida klub prezidenti Xosep Mariya Bartomeu ma'lum qildi.

"Klub Luis Enrikega to'liq ishonadi. Ikki oxirgi mag'lubiyat haqida tez unutamiz. Biz deyarli xar kuni murabbiy bilan suhbatlashamiz. Uning ishidan ko'nglimiz to'q. Luis Enrikening rotatciyasi bu oddiy hol. Murabbiyning bu ishlaridan maqsad, u asosiy tarkibni aniqlab olmoqchi. Biz barcha turnirlarda g'olib bo'lmoqchimiz" - deydi Bartomeu.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com