"Barselona"ning yulduz tarbiyalanuvchisi "Arsenal" va "Real" short-listiga kirdi

Sherzod Nurmatov
4 dek 2024, 16:35
"Leyptsig"da ijara asosida to'p tepayotgan PSJ yarim himoyachisi Xavi Simons "Real" va "Arsenal" e'tiborini tortmoqda, deb xabar berdi "The Athletic".

Parijdagilar Niderlandiya terma jamoasi futbolchisi bilan hisoblashmayapti va faoliyatini Germaniyada davom ettirish futbolchining ambiciyalariga to'g'ri kelmaydi. 

Futbolchini "Arsenal" va "Liverpul"dan tashqari "Real" va "Barselona" ham kuzatib bormoqda. 21 yoshli yarim himoyachining ko'p qirraliligi ingliz klublarini o'ziga jalb qiladi.

Xavi Simons joriy mavsum klub miqyosida 11 o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Athletic