"Barselona"ning yozgi transferlar vaqtidagi asosiy nishoni - MYU futbolchisi

Narzulla Saydullayev
16 okt 2019, 14:34
Mundo Deportivo nashri xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Rashford Kataloniya klubining yozgi transferlar oynasidagi eng asosiy maqsadlaridan biri bo'ladi.

Manba taqdim etgan ma'lumotga ko'ra, kataloniyaliklar, 2020 yilda jamoani tark etishi mumkin bo'lgan Luis Suaresga o'rinbosar tanlashmoqda. Bundan tashqari urugvaylik forvardni o'rnini bosadigan, potenciali yuqori futbolchilarning qisqa ro'yxati e'lon qilindi.

Eslatib o'tamiz, Rashfordning amaldagi shartnomasi 2023 yilda tugaydi. U manchesterliklar safida 180 o'yinda maydonga tushib, barcha turnirlarda 48ta gol urdi.

Avvalroq uning o'zi "mankunianliklar"ning Premer-ligada qiyin vaziyatda ekanligi haqida fikr bildirgan edi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: El Mundo Deportivo