"Barselona"ning yana bir asosiy tarkib futbolchisi safdan chiqdi

Alisher
14 okt 2021, 18:50
"Barselona" himoyachi Ronald Arauxoning jarohatini tasdiqladi.

Tekshiruvlar o'yinchining sonida jarohat borligini ko'rsatdi. U JCH-2022 saralashi doirasidagi Argentina (0:3)ga qarshi o'yinda jarohat oldi.

Urugvaylik futbolchining tiklanish muddati haqida xabar berilmagan.

Klub u bir qancha vaqt mobaynida tarkibdan tashqarida vaqt o'tkazishini ma'lum qildi. "Barsa" uning jarohati bilan bog'liq vaziyatni kuzatadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FCBarcelona