

Nashrning yozishicha, 1 yanvar kuni 35 yoshli futbolchi Tvitter ijtimoiy tarmog'ida yo'l tasviri tushirilgan suratni va unga “barchasi uchun rahmat” degan yozuvli postni joylashtirgandi. Shu tariqa u futbolchilik faoyalitini yakunlaganiga ishora qilmoqchi bo'lgan deya taxmin qilinmoqda. 2015 yilda futbolchi faoliyatini yakunlagach, bor e'tiborini oilasiga qaratishi haqida gapirgandi: “Qachondir projektorlar o'chib, faoliyatimni yakunlasam, bolalarim bilan sayr qilib, ularning tarbiyasiga e'tibor qarataman. Umid qilamanki, bu vaqt kelganda, meni topish juda qiyin bo'ladi”.
O'tgan yili avgust oyida turli klublardan takliflar bo'layotganligiga qaramay butsalarini mixga osishga qaror qilganligi haqida xabarlar chiqqandi. Darvozabon 2002 yidan 2014 yilga qadar “Barselona” sharafini himoya qilgan. Bu davr oralig'ida u olti marta Ispaniya chempioni (2005,2006,2009, 2010, 2011,2013) uch bor Chempionlar ligasi (2006, 2009, 2011), ikki bor Ispaniya kubogi (2009, 2012) va klublar o'rtasida jahon chempionati (2009, 2011)da g'olib chiqqan. Ispaniya termasi tarkibida Jahon (2010) va Yevropa (2012) chempioniga aylangan. “Barselona”dan keyin Valdes “Manchester Yunayted”, “Standart” va “Midsbro”dan faoliyat yuritgan.



