"Barselona"ning o'tgan mavsumdagi moliyaviy yo'qotish va foydalari ma'lum bo'ldi

Sherzod Nurmatov
2 okt 2024, 13:18
"Barselona" o'zining rasmiy saytida o'tgan mavsum oxirida 91 mln evro zarar ko'rganini e'lon qildi.

Shu bilan birga, kataloniyaliklar homiylik shartnomalaridan rekord daromad olishdi – 200 mlndan ortiq.

Qolaversa, "ko'k-anorranglilar" 80 mln evrodan oshiq transferlardan rekord daromad ko'rdi. Futbolchilarning sotuvi "Barselona"ga maosh fondini 670 mln evrodan 500 mlngacha kamaytirish imkonini berdi.

Biroq "Kamp Nou"ni rekonstrukciya qilish tufayli "Olimpiya" stadioniga ko'chish kataloniyaliklarning daromadiga ta’sir ko'rsatdi. Uy uchrashuvlarini boshqa arenada o'tkazish "ko'k anorranglilar"ning yillik daromadidan 100 mln evrodan ko'proq pul yo'qotishiga olib keldi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Barca Universal