Barselonaning asosiy hujumchisi El-Klassikoni o'tkazib yuborishi mumkin

Aslanov Jasurbek
25 fev 2019, 18:13
Barselona hujumchisi Luis Suarec Ispaniya kubogining yarim final javob bahsini o'tkazib yuborishi mumkin.

Klub mutasaddilari urugvaylik futbolchining eski jarohati takrorlanganidan havotirda.

Suarec o'tgan yilning noyabr oyida tizzasidagi jarohati sabab 2 haftani o'tkazib yuborgandi. O'shanda, futbolchi operaciya qilinmagan. Biroq oyog'idagi og'riq hujumchini muntazam bezovta qilib keladi. Hozircha, "Barselona" Luis haqida rasmiy ma'lumot bermagan. 32 yoshli futbolchi joriy mavsum 24ta uchrashuvda maydonga tushib, 16ta gol urgan va 5ta golga asistentlik qilgandi.

Eslatib o'tamiz, Kamp Noudagi ilk o'yinda 1:1 natijasi qayd etilgan. Javob o'yini esa 28 fevral kuni Toshkent vaqti bilan 01:00da Santiago Bernabeuda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca