

"Ko'k-anorranglilar" ustozi Xavi muntazam ravishda Leo bilan aloqada bo'lib turibdi. Murabbiy Messiga jamoaga qaytsa, qanday vazifa bajarishini istayotgani haqida ham aytib ulgurgan. Ma'lumotlarga ko'ra, Xavi Leoni markazda ikki nafar markaziy yarim himoyachilar juftligida ko'rmoqda. Qayd etish lozim, Lionel Argentina termasida anchadan buyon taxminan shunday nuqtada harakat qiladi. Bunday g'oya Leoga maqul kelgan.
Biroq Messi "Barselona" hali ham shartnoma borasida rasmiy taklif bildirmaganidan norozi.



