"Barselona"ga qarshi o'yindan keyin "Real" Anchelottining ketishini e'lon qiladi

Administrator
7 may 2025, 00:53
"Real" "El Klasiko"dan keyin Karlo Anchelottining jamoadan ketishini ma'lum qiladi.

Avvalroq, Madrid klubi va murabbiy hamkorlikni to'xtatishga kelishib olganlari ma'lum bo'lgandi. Marca xabariga ko'ra, tomonlar bu haqda 11 may kuni bo'lib o'tadigan "Barselona"ga qarshi o'yindan keyin va 14 may kungi "Malorka"ga qarshi o'yingacha rasman e'lon qilishadi.

Anchelottining mavsum yakunlanishidan oldin ketishini e'lon qilish qarori uning Braziliya terma jamoasiga o'tishi bilan bog'liq - Braziliya futbol konfederatsiyasi murabbiy 18 maygacha shartnoma imzolashini xohlamoqda. O'sha kuni 2026-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Paragvay va Ekvadorga qarshi iyun oyida o'tkaziladigan o'yinlar uchun terma jamoa tarkibi e'lon qilinadi.

Klub ham, Anchelotti ham bu xabar futbolchilarni chalg'itmasligiga, aksincha, ularni murabbiy bilan munosib tarzda xayrlashishga undashiga ishonishmoqda.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Marca