“Barselona”ga qarshi o'yin oldidan PSJda yana bir jiddiy yo'qotish

Eldor Akmurzayev
11 fev 2021, 20:52
Neymar qancha muddatga safdan chiqqani ma'lum.

PSJ futbolchisi Neymar Fransiya kubogi 1/32 final doirasida "Kan"ga qarshi o'tgan o'yinda jarohat olgandi.

Tibbiy tekshiruvlar natijasida, braziliyalikning chap oyoq mushaklari shikastlangani ma'lum bo'ldi. Neymar safga qaytishi uchun 4 hafta talab qilinadi.

Shu tariqa, 29 yoshli futbolchi YCHL 1/8 bosqichidan o'rin olgan “Barselona”ga qarshi safardagi uchrashuvni o'tkazib yuboradi. Jamoalar o'rtasida javob o'yini esa 10 martga belgilangan.

Avvalroq, PSJning yana bir yetakchisi Anxel di Mariya ham “Kamp Nou”dagi uchrashuvda jamoasiga yordam berolmasligi ma'lum bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport24.ru