“Barselona”ga Pogbani 150 mln evroga xarid qilishni taklif etishdi

Aziz Tukhtamuradov
16 iyul 2018, 22:29
Fransiya terma jamoasi tarkibida jahon chempioni bo'lgan Pol Pogba faoliyatini “Barselona”da davom ettirishi mumkin.

“Manchester Yunayted” futbolchisini Kataloniya klubiga xarid qilish uchun taklif etishdi. Yarim himoyachining narxini 150 mln evro deya baholashgan. Bosh murabbiy Joze Mourinyo bilan kelisha olmayotgan Pogbaning o'zi ham jamoasini almashtirishga qarshi emas. 

“Barselona” esa mavsumlar oralig'ida ikki yarim himoyachisini yo'qotdi. Jamoa sardori Andres Inesta Xitoy klubiga ko'chib o'tdi. Paulinoning ham Kataloniyani tark etishi ma'lum bo'lgan. Pol Pogba aynan ana shu ikki futbolchining o'rnini bosishi kerak. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif