"Barselona"dagilar Torresni safga qo'shib olish yo'llarini ko'rib chiqishmoqda

Aslanov Jasurbek
25 yanv 2016, 11:08
"Barselona" murabbiylar shtabi "Atletiko" hujumchisi Fernando Torres xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, Kataloniya klubi futbolchini joriy mavsum oxirida o'z safiga qo'shib olishga harakat qilishi mumkin.

Torres "Atletiko" safida ijarada o'ynayapti, uning transfer huquqi "Milan"ga tegishli. Torresning rossonerlar bilan shartnomasi 2016 yining yozida yakuniga etadi va u erkin agentga aylanadi.

Oldinroq "Atletiko" prezidenti Enrike Sereso Torres kelasi mavsumda jamoada qolishi borasida aniq javob bermagan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS