"Barselona"da Konte uchun pul yo'q"

Aziz Tukhtamuradov
2 okt 2021, 09:11
La Gazzetta dello Sport nashrining Ispaniyadagi muhbiri Mariya Richchining ma'lum qilishicha, "Barselona"da Antonio Konteni olib kelishga pul yo'q.

Avvalroq, italiyalik mutaxassis klubda Ronald Kumanning o'rnini egallashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. 

"Haqiqatdan ham "Barsa" Konte haqida o'ylayaptimi? Kataloniyadagilar unga Lukaku ham kerakligini bilishadimi? 

Ularda Konte uchun pul yo'q. Ammo ular Konte haqida tekinga orzu qilishlari mumkin", - deb yozdi jurnalist.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Sports.ru