"Barselona" yozda Subimendini boy berishi mumkin

Sherzod Nurmatov
28 yanv 2023, 18:53
Kataloniya klubi "Real Sosedad" futbolchisi Martin Subimendini qo'lga kirita olmaydigan ko'rinadi.

"Ko'k-anorranglilar" anchadan buyon Serxio Busketsning o'rnini to'ldira oladigan munosib futbolchi izlayotgan edi. La Liga vakili "Sosedad" futbolchisi Subimendi eng asosiy nomzod bo'lib kelayotgandi. "Barsa" 23 yoshli yarim himoyachini qishda o'z tarkibiga jalb qilishi mumkin edi. Biroq ispaniyalik futbolchi hozirgi jamoasi bilan shartnoma muddatini uzaytirdi.

Endi agar "Arsenal" yozda Subimendining 60 mln evrolik tovon pulini to'lasa, yosh futbolchi yozda "to'pchilar" futbolchisiga aylanishi mumkin. Subimendi hozircha yangi klubga o'tishga shoshilmayapti. Lekin u Mikel Arteta bilan ishlashni istaydi. Bu "Barselona"ning asosiy nishonlaridan biriga ayrilishini anglatadi.

Martin Subimendi joriy mavsum ispan klubi safida 23 ta o'yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urib, 3 ta golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Diario Sport